Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.P. 9 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga o‘zini go‘yoki Qarshi zamonaviy ijtimoiy gumanitar nodavlat oliy taʼlim muassasasi rahbari deb tanishtirgani aniqlangan. U fuqarolarni ushbu muassasaga ishga qabul qilishi evaziga jami 12,2 ming dollar va 126,8 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda T.M. ismli shaxs fuqaro U.F.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Qarshi shahar markaziy poliklinikasi hamshirasi F.P. fuqaro M.Sh.ni tanishlari yordamida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasiga qarashli shifoxonaga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga uchun 1,2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »