Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Kopengagenda Qur’on yoqib yuborilgani yuzasidan norozilik notasini taqdim etish uchun Daniyaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirdi. Bu haqda 28-iyul kuni Reuters xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Ar-Riyod Daniya hukumatini diniy ta’limotlarni kamsituvchi, qonunlar va xalqaro me’yorlarni buzuvchi har qanday g‘ayritabiiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi”, — deyiladi Saudiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Bundan bir necha kun oldin islomga qarshi o‘ta o‘ngchi “Daniyalik patriotlar” guruhi Kopengagendagi Iroq, Misr va Turkiya elchixonalari oldida muqaddas Qur’on nusxalariga o‘t qo‘ygandi.

Daniya hukumati Qur’onning yoqilishini qoraladi

“Muqaddas matnlar va boshqa diniy ramzlarni yoqib yuborish boshqalarning diniga hurmatsizlik ko‘rsatuvchi sharmandali harakatdir. Bu ko‘pchilikni xafa qiladigan, turli dinlar va madaniyatlar o‘rtasida to‘siq qo‘yadigan provokatsion harakat”, — dedi rasmiylar.

Daniyada Qur’onning ketma-ket yoqib yuborilishi arab davlatlarida norozilik uyg‘otdi. Xususan, Iroqda yuzlab namoyishchilar Bag‘dod ko‘chalariga chiqib, poytaxtdagi Daniya elchixonasiga to‘plandi. Xavfsizlik kuchlari olomonni suv purkagichlar yordamida tarqatdi.

Shu bilan birga, Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va yana muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »