Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati IIBB jamoat xavfsizligi va sohaviy xizmat xodimlari tomonidan 2023-yilning besh oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida o‘qotar qurollarning muomalasiga oid qoidalarni buzish bilan bog‘liq 984 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida noqonuniy saqlangan 12 dona o‘qotar ov quroli va 70 dona har xil kalibrli o‘q-dorilar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Ushbu holatlar yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Misol uchun, Chinoz tumanida o‘tkazilgan tadbirda 55 yoshli shaxs (R.Sh.), yashash xonadonida 1956-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan 2 dona 16 va 28 kalibrli otishga yaroqli (ekspertiza xulosasi) o‘qotar ov qurolini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Bundan tashqari, aholi orasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davomida 81 dona qurol (shundan 32 dona ov quroli, 49 dona pnevmatik qurol) ichki ishlar organlariga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishilgan.

O‘zbekistonda quroldan foydalanish tartibi

O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

2022-yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »