Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

27-iyul kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mas’ullari 2023-yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 6 oy davomida jami 1 722 marotaba reyd tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, jami 1 192 ta sohaga oid qonun buzilish holatlari aniqlangan. Buning natijasida 1 192 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 758,8 million so‘m miqdorida maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 992,7 million so‘m miqdorida mablag‘ undirish belgilangan. Jumladan, jarimalarning 12 tasi yuridik shaxslarga, 1 180 tasi jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan.

Bioxilmaxillikni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida YAIDPX (davlat xizmatlari) orqali joriy yilning 6 oyi davomida jami 1 ming 135 ta ariza bo‘yicha 35 ming 73 ta daraxt kesilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 499 tasiga, yaʼni 8 594 ta daraxtning tag qismidan kesilishiga rad javobi berilgan va daraxtlar saqlab qolingan. Shundan 78 ta xulosa 750 ta daraxtga xavfning oldini olish maqsadida butalash tavsiya etilgan). Tabiiy omillar taʼsirida zararlanib qurigan va insonlar hayoti, mol-mulkiga xavf solayotganligi yuzasidan 484 ta murojaat bo‘yicha 23 ming 19 ta qurigan daraxtning kesilishiga ijobiy xulosalar berilgan.

Shuningdek, Toshkent shahri hududlari bo‘ylab binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda, muhandislik ishlarini amalga oshirishda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish yuzasidan 29 ta murojaatga, yaʼni qimmatbaho daraxt turiga kiritilmagan 415 ta har xil turdagi mevali va manzarali daraxtlarni 261,621 million so‘mlik to‘lov kompensatsiya puli evaziga kesilishiga ijobiy xulosalar berilgan.

Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil bahor mavsumida tasdiqlangan manzilli reja-grafikka asosan jami 657 ming 200 ta manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu rejaga nisbatan 105 foizni tashkil etgan. Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahrida 257 ming 430 ta daraxt va buta ko‘chatlari sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. Buning oqibatida loyiha doirasida yetarli agrotexnik talablarga rioya qilinmagani oqibatida ekilgan ko‘chatlardan 15 ming 59 tasi qurib qolgan. Tuman inspektorlari tomonidan joylarda ushbu holatlar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan 33 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, tuman inspektorlari tomonidan 725 ta majburiy ko‘rsatmalar berilib, hozirda ushbu ekilgan ko‘chatlarning holati va parvarish qilinishi doimiy nazorat qilinmoqda.

Bundan tashqari, ko‘rilgan choralarga asosan 1 ming 429 ta daraxtning tagi betonlangan holati bartaraf etilib, 2 ming 320 ta daraxt tungi yoritish chiroqlaridan ozod qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »