Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva meri Sergey Sobyanin shaharga dron hujum qilishga uringani va u urib tushirilganini ma’lum qildi. 

Illyustrativ foto: korrespondent.net

Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, bu “dushmanning droni” bo‘lgan. 

“Tunda dushmanning droni shaharga hujum qilishga urindi, u Rossiya Mudofaa vazirligi kuchlari tomonidan urib tushirildi”, — deydi poytaxt meri.

Amaldor hodisa oqibatida hech kim jabrlanmaganini, vayronagarchiliklar bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi. Sobyanin voqeaning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.

Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari “Moskva viloyatidagi nishonlarga hujum qilmoqchi bo‘lgan” dronni urib tushirganini ma’lum qildi.

Moskvaga so‘nggi dron hujumi

24-iyulga o‘tar kechasi Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Dronlardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yonida qulagan. Rossiya “Kiyev rejimi”ni teraktga urinishda ayblagan. RBK-Ukraina xabariga ko‘ra, dron hujumini Ukraina razvedkasi uyushtirgan, bu Kiyevda rasman tasdiqlanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »