Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliya shimoli-sharqida yirik Talisman Sabre mashqlarida qatnashayotgan MRH-90 Taipan harbiy vertolyoti halokatga uchradi, deb yozmoqda ABC. Bloomberg xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

Foto: ABC

Vertolyot 28-iyul kuni kechqurun Lindman oroli yaqinida dengizga qulagan. Bortda to‘rt kishi bo‘lgan, vertolyot bo‘laklari topilgan bo‘lsa-da, ekipajdan hali darak yo‘q. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.

Talisman Sabre o‘quv mashg‘ulotlari har ikki yilda turli mamlakatlardan 30 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, shu jumladan AQSHning muhim kontingenti ishtirokida o‘tkaziladi. Manyovrlar ikki hafta ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar orqali Xitoydan ehtimoliy tahdidga qarshi AQSH va Avstraliyaning birligini namoyish etish maqsad qilingan.

Bu yil Talisman Sabre mashqlari avvalgi yillarga qaraganda eng katta ko‘lamda tashkil etildi, manyovrlar davomida dengiz desantchilarining qo‘nish amaliyoti ishlab chiqildi. Mashqlar AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning avstraliyalik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi.

Halokatga uchragan vertolyot Franko-Germaniya konsorsiumi Eurocopter tomonidan ishlab chiqilgan edi.

Bu voqea MRH90 Taipan vertolyotlaridan foydalanish bo‘yicha muhokamalarni jonlantirmoqda, deb yozadi ABC. Gap shundaki, bahorda xuddi shu seriyadagi yana bir vertolyot terrorizmga qarshi kurash mashqlari chog‘ida suvga qulagan edi. Bortda o‘n nafar askar bo‘lgan, ular omon qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »