Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kelgusi choraklarda bir qator ichki va tashqi omillar inflyatsiyaga bosim yaratishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankining “Pul-kredit siyosati sharhi”da qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ichki omillar

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, 2023-yilning 1-yarim yilligida budjet xarajatlarining kutilganidan yuqori bo‘lgani, 2-yarim yillikda isteʼmol talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘ladi.

Iqtisodiyotda real ish xaqlarning barcha sohalarda ortib borayotgani, taklifning talabga moslashuvi sekinroq kechishi sharoitida inflyatsion bosimlarni vujudga keltirishi mumkin.

Chakana kreditlar bozorida, yuqori o‘sish tendensiyalari saqlanib qolayotgani aholining isteʼmol talabini rag‘batlantiruvchi asosiy drayverlardan bo‘ladi. Mintaqada suv tanqisligi masalasi kuzatilayotgan sharoitda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (xususan, don, meva va sabzavotlar hamda chorva mahsulotlari) yetishtirish tannarxi oshib borishiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Tashqi omillar

Sharhda yozilishicha, jahon iqtisodiyotida yuqori inflyatsion bosim taʼsirlari davom etishi kutilmoqda.

“Import oziq-ovqat mahsulotlari (bug‘doy, shakar, o‘simlik yog‘i) taʼminoti birmuncha yaxshilangani bilan bir vaqtda ushbu holat davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar yuqoriligicha saqlanib qolmoqda”, — deya maʼlum qilingan manbada.

Shuningdek, qora dengiz don kelishuvi muddati tugagani va uzaytirilmagani asosiy oziq-ovqat tovarlarining jahon narxlariga salbiy taʼsir o‘tkazishi mumkin. Joriy yilda kuzatilayotgan global iqlim issishi (“El-Nino” hodisasi) yirik oziq-ovqat eksporter davlatlar joriy va kelgusi hosiliga taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »