Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy uning hukumati armiya sonini deyarli ikki barobarga oshirmoqchiligini aytdi. Bu haqda Polskie Radio xabar berdi.

Foto: Notes from Poland

Mamlakatda allaqachon yangi harbiy qismlar tashkil etilmoqda, eskilarini esa tiklanmoqda.

Polsha o‘z armiyasini qanday ko‘paytiradi?

Kachinskiyga ko‘ra, avvallari uchta bo‘linmadan iborat bo‘lgan Polsha armiyasi endi oltita bo‘linmaga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, mamlakatda qo‘shimcha harbiy bo‘linma paydo bo‘lishi mumkin.

“Davlatning asosiy vazifalaridan biri xavfsizlikni ichkari va tashqaridan himoya qilishdi”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

U Polsha rasmiylari hozir Belarus bilan chegarani mustahkamlash bilan shug‘ullanayotganini qo‘shimcha qildi. Harbiylar chegarani qo‘riqlash uchun panjaralar o‘rnatib, “elektron qurilmalar” joylashtirmoqda.

Kachinskiy Polsha “NATOning sharqiy qanoti qalqoni” bo‘lish uchun kuchli Yevropa quruqlik armiyasini yaratishga intilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq 3 davlat Belarus bilan chegaralarini yopmoqchiligini aytgandi. Bular Litva, Latviya va Polsha bo'ladi. Bu Belarusda joylashgan vagnerchilarning ehtimoliy tahdidi fonida sodir bo‘lishi mumkin. Kachinskiy shu tariqa Belarus davlati butunlay yakkalanib qolishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »