Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha va Litva Belarusda “vagnerchi”lar borligidan xavotirlanib, mamlakat bilan chegaralarini yopishi mumkin. Bu haqda Litva ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arnoldas Abramavichyus ma’lum qildi.

Foto: EPA
“Chegarani yopish ehtimoli mavjud”, — dedi Litva rasmiysi.

Avvalroq Litva G‘arbdagi ittifoqchilarini “Vagner” yollanma askarlari o‘zini boshpanasiz qochqinlar sifatida ko‘rsatib, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan Belarus chegarasini kesib o‘tishga urinishi yoki qochqinlar ishtirokida provokatsiyalar uyushtirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy “Vagner”ning Belarusda joylashtirilishiga jiddiy qarash kerakligini aytgan.

“Ular har xil inqirozlarni, birinchi navbatda, Polshaga qarshi muammolar yaratish uchun joylashtirilgan”, — dedi u.

Kachinskiy uning hukumati armiya sonini deyarli ikki barobarga oshirmoqchiligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, avvallari uchta bo‘linmadan iborat bo‘lgan Polsha armiyasi endi oltita bo‘linmaga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, mamlakatda qo‘shimcha harbiy bo‘linma paydo bo‘lishi mumkin.

Kachinskiy Polsha “NATOning sharqiy qanoti qalqoni” bo‘lish uchun kuchli Yevropa quruqlik armiyasini yaratishga intilayotganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »