Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning birinchi yarim yilligida kam foizli kreditlar ajratish bo‘yicha Xalq banki yetakchilik qilgan. Bank yanvar-iyun oylarida 2022-yilning mos davriga nisbatan 774,8 mlrd so‘m ko‘proq ipoterka kreditlari bergan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda 2020-yildagi prezident qarori bilan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash va ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish maqsadida “yangi tartib” dasturi joriy qilingandi. Markaziy bankning navbatdagi “Ipoteka kreditlari sharhi”da 2023-yilning yanvar-iyun oylari mobaynida mazkur dastur doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari haqida maʼlumot berildi. Qayd etilishicha, o‘tgan yarim yil ichida 14 582 nafar fuqaroga jami 3 trln 205 mlrd 900 mln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.

Infografika: Markaziy bank

Ipoteka kreditlarining 1 trln 771 mlrd 900 mln so‘mi (55 foizi) 1 va 2 xonali kvartira, 1 trln 3 mlrd 600 mln so‘mi (32 foizi) 3 va undan ko‘p xonali kvartiralarni, 430,4 mlrd so‘mi (13 foizi) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun berilgan.

“Yangi tartib” doirasida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori ulushlari Toshkent shahri (753 mlrd so‘m), Samarqand viloyati (321 mlrd so‘m), Farg‘ona viloyati (260 mlrd so‘m) hamda Andijon viloyatida (254 mlrd so‘m) istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajratilgan.

Infografika: Markaziy bank

Ipoteka kreditlarining 32,7 foizi Xalq banki, (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 774,8 mlrd so‘mga ko‘p), 16,6 foizi Ipoteka bank (-359 mlrd so‘m), 13,3 foizi O‘zsanoatqurilishbank (+339,9 mlrd so‘m), 11,5 foizi Oriyent finans bank (+101,3 mlrd so‘m) tomonidan berilgan. Qishloq qurilish bank (-642,8 mlrd so‘m), Milliy bank (-388,8 mlrd so‘m) va Hamkorbankning (-95,6 mlrd so‘m) “Yangi tartib” doirasida ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi cezilarli darajada kamaygan.

Infografika: Markaziy bank

2020-2022-yillar va 2023-yilning I yarim yilligida “Yangi tartib” doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari sonining (82 529 nafar fuqaroga 18,3 trln so‘m) 38 foizi (31 522 nafar fuqaroga 7,4 trln so‘m) uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga ajratilgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, mazkur kreditlarning 1 trln 419 mlrd 700 mln so‘mi Samarqand, 903 mlrd so‘mi Surxondaryo viloyatlari, 803,9 mlrd so‘mi Toshkent shahri, 795,7 mlrd so‘mi Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2023-yil I yarim yilligida “Yangi tartib” doirasida ajratilgan ipoteka kreditlarining 842,3 mlrd so‘mi (23,3 foizi) subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga yo‘naltirilgan. Subsidiyali kreditlarning 85 mlrd so‘mi Toshkent shahri, 151 mlrd so‘mi Samarqand, 75 mlrd so‘mi Toshkent va 68 mlrd so‘mi Andijon viloyatlarida istiqomat qiluvchi kam daromadli ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »