Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida haydovchilik guvohnomalari olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “A.-22” MCHJ avtomaktabi o‘qituvchisi Rustam fuqaro Akmalni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 3,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Rustamning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda Nukus shahridagi “A.” MCHJ o‘qituvchisi Qodir Rustamdan 3,2 million so‘m va 4 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berish uchun yana 10,1 million so‘mni olgan vaqtida, “A.K.” MCHJ instruktori Sobir Qodirdan 12,5 million so‘mni olgan vaqtida hamda “A.K.” MCHJ sobiq rahbari N.A. instruktor Sobirdan jami 12,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘xta ismli shaxs fuqaro Umarga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Aprel oxirlarida Toshkent viloyatida soxta sertifikat evaziga haydovchilik guvohnomasi olgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2,5 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. May o‘rtalarida bo‘lsa, Farg‘onada 200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab rahbari ushlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »