Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvaga 30-iyulga o‘tar kechasi uchta dron hujum qildi. Ularning ikkitasi “Moskva-Siti” biznes markazidagi binolarga kelib tushgan. Dronlarning yana biri Moskva viloyatining Odinsovo tumanida urib tushirilgani aytilmoqda. Bu may boshidan beri Moskvaga qilingan to‘rtinchi dron hujumdir. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: “TASS”
“Ukraina dronlari bugun tunda hujum qildi. Moskva-Siti ofisining ikkita binosidagi fasadga zarar yetgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q”, — deydi Moskva meri Sergey Sobyanin.

Hujumda Rossiyaning uchta vazirlik idoralari va turar-joy xonadonlari joylashgan 50 qavatli IQ-kvartal binosining beshinchi va oltinchi qavatlari shikastlangan.

Foto: Getty Images

Havo zarbasi oqibati ask etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. Tasvirlarda binolarning oynasi singanini ko‘rish mumkin.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida bir-ikki kishi jarohatlangan, biroq rasmiylar bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Mash telegram-kanali Moskvaga hujum qilgan ikkita drondan birinchisi soat 03:20 da qulab tushganini yozmoqda. Moskva viloyatining Odinsovo tumanida havo mudofaa tizimi ishga tushgan.

Taxminan soat 04:10 da ikkinchi portlash — Oko-2 biznes markazida sodir bo‘lgani aytilgan.

Foto: Reuters

Rossiya Mudofaa vazirligi munosabati

Vazirlik Moskva viloyatida mudofaa tizimlari orqali  bitta Ukraina droni havoda yo‘q qilingani, “yana ikkita dron radioelektron kurash vositalari bilan bostirilgani va boshqaruvni yo‘qotib, Moskva-Siti hududiga qulaganini” aytdi.

Ukraina dron hujumi bo‘yicha munosabat bildirmagan. Voqea sababli poytaxtning “Vnukovo” aeroporti uchish va qo‘nish yo‘lagi qisqa muddatga yopilgan, Moskva va Moskva viloyati havo zonasida parvozlar taqiqlangan.

Bundan tashqari, Moskva shahri hududida, Testovskaya ko‘chasida transport harakati to‘sib qo‘yilgan.

Moskvaga to‘rtinchi dron hujumi

Москва

Bu may boshidan beri Moskvaga qilingan to‘rtinchi hujumdir. Avvalgi dron hujumi 24-iyul kuni bo‘lgandi. O‘shanda Moskvadagi turar-joy bo‘lmagan binolar zarar ko‘rgan. Ulardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi yaqinida qulagan.

O‘shanda ham Rossiya Mudofaa vazirligi dronlar radioelektron kurash vositalari orqali “bostirilgani” va halokatga uchraganini ham aytgandi.

May oyi oxiri va iyul boshida esa dronlar Rossiya poytaxtiga yaqinlashganda urib tushirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »