Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va AzerEnergy o‘rtasida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjonda safarda bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati AzerEnergy ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ)ning elektr stansiyalari, podstansiyalari, laboratoriya, o‘quv markazi va raqamli boshqaruv markazida bo‘lib, qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

AzerEnergy prezidenti Baba Rizayev va boshqa shaxslarning O‘zbekiston energetika tizimi rahbariyati bilan uchrashuvlarida ikki mamlakat energetika tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va AzerEnergy o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandumdan ko‘zlangan maqsad — Ozarbayjon energetika tizimi tajribasidan foydalanish va ikki davlat o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga elektr stansiyalari, podstansiyalar, raqamli boshqaruv tizimi va AzerEnergy’ning yangi SCADA tizimi, ushbu tizimlarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan muhim omillar, dasturiy ta’minot, avtomatlashtirish va boshqa sohalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »