Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar Polsha o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga kiritsa, bu Ukraina hududlarini yo‘qota boshlashini anglatishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Polshaning intilishlari bor. Shuning uchun agar Polsha bo‘linmalari Ukrainaga kiritilsa, ular qanday nomlanishidan — ichki qo‘shinlar yoki milliy gvardiya — qat’i nazar, qo‘shin kiritilgan Ukraina hududlari tugashining boshlanishi bo‘ladi”, — dedi Putin.

Rossiya rahbari Ikkinchi Jahon urushidan oldin Lvov Polshaning bir qismi bo‘lmaganini ta’kidladi.

“Tarixchilar aytganidek, Yalta konferensiyasida Stalin Lvov Sovet Ittifoqining bir qismi sifatida G‘arbiy Ukraina tarkibida bo‘lishi kerakligini aytgan. Cherchill bunga e’tiroz bildirgan. U Lvov hech qachon Rossiya imperiyasining bir qismi bo‘lmaganini bildirgan. Bunga javoban Stalin: ‘Ammo Varshava bir qismi bo‘lgan’, deb javob qaytargan”, — dedi Putin.

Putinning Polshaga oid so‘nggi bayonoti:

Avvalroq Rossiya prezidenti Polsha keyinchalik Ukraina hududini bosib olishni rejalashtirayotganini aytgandi. U Varshava bunga Polsha, Litva va Ukraina harbiy ittifoqini tuzish orqali erishishini bildirgan. 

“Polsha yetakchilariga kelsak, ular ‘NATO soyaboni’ ostida qandaydir koalitsiya tuzish va Ukrainadagi mojaroga bevosita aralashish, keyin o‘zlari uchun kattaroq bo‘lak ‘kesib olish’, o‘zining tarixiy hududlari — bugungi G‘arbiy Ukrainani qaytarib olish uchun payt poylamoqda. Ma’lumki, ular Belarus yerlarini ham orzu qiladi”, — degan Putin.

Shuningdek, Putin Polshaning g‘arbiy hududlari Stalinning “tuhfasi” ekanini taʼkidlagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »