Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni avgust oyida Ukrainada kechayotgan urushni tugatish bo‘yicha Rossiyasiz 30 ta davlat ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Saudiya Arabistoni va Ukraina tomonidan taklif qilinganlar orasida quyidagi davlatlar bor:

  • Indoneziya;
  • Misr; 
  • Meksika;
  • Chili;
  • Zambiya.

Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Polsha va Yevropa Ittifoqi unda ishtirok etishlarini tasdiqlagan.

Vashington va Yevropa Rossiyani chetlab o‘tadigan muzokaralar Ukraina foydasiga tinchlik shartlarini xalqaro qo‘llab-quvvatlashga olib kelishiga umid qilmoqda. Muhokamalarda qatnashgan diplomatlarning aytishicha, 5 va 6-avgust kunlari Jiddaga 30 tagacha davlatdan yuqori darajali vakillar keladi.

Nashrning yozishicha, Ukraina va G‘arb rasmiylari ularning sa’y-harakatlari 2023-yil oxirida tinchlik sammiti o‘tkazilishiga, unda dunyo yetakchilari kelishuvning umumiy tamoyillariga imzo chekishiga umid qilmoqda. Ushbu tamoyillar Kiyev foydasiga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar uchun asos bo‘lishi aytilgan. 

Diplomatik manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Xitoyni yig‘ilishda ishtirok etishga ishontirish maqsadida muzokaralar uchun joy sifatida tanlangan. Ar-Riyod va Pekin yaqin aloqada.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »