Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida yo‘l qurilish ishlari munosabati bilan ko‘p sonli daraxt va butalar ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Ekologik partiyasining xabar qilishicha, ushbu xalqaro avtomobil yo‘li loyihasi o‘zgartiriladigan bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Ekologik partiyasi mavjud holatni to‘la o‘rganib chiqish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, olim va mutaxassilarni jalb qilgan holda hududga bordi.

Ishchi guruh tomonidan O‘zbekistondagi bugungi ekologik holat inobatga olinib hamda jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu loyihani soha mutaxassislari ishtirokida o‘zgartirish va daraxtlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha mazkur avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilayotgan pudratchi tashkilot mutasaddilariga takliflar berildi.

“O‘zbekiston ekologik partiyasi har qanday qurilish loyihalarini amalga oshirishda o‘simlik dunyosiga zarar yetkazishni keskin qoralagan holda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, barcha fuqarolarimizni ona tabiatni asrab-avaylashdek ezgu ishlarda hamkorlikka chaqirib qoladi”, — deyiladi partiya xabarida.

27-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ekologiya vaziri birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov ushbu masala yuzasidan fikr bildirib, loyiha hujjatlari vazirlik bilan kelishilmagani, rad etilganini aytgandi.

Qo‘mita e’lon qilgan rasmiy munosabatda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev tomonidan imzolangan hukumat komissiyasining 2023-yil 21-iyuldagi bayonnomasiga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga bir hafta muddatda daraxtlarni atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘chirish bo‘yicha hukumat komissiyasiga xulosa berish va tegishli takliflar kiritish topshirilgani, ushbu hujjatda daraxtlarni kesish haqida birorta ham so‘z, shuningdek, bunday issiq mavsumda yashil maydonlar bilan biror-bir chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘qligi bildirilgandi.

Buxoro viloyatidan qurilish kompaniyasi vakillari vazirlikka tashrif buyurib, daraxt va butalarga zarar yetkazmagan holda loyihaga o‘zgartirishlar kiritishlari haqida maʼlumot bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »