Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron janubi-sharqida joylashgan Seyiston va Balujiston viloyatlarida suv toshqini oqibatida kamida 400 kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining mahalliy bo‘limi bayonotida aytilishicha, 15 ta qutqaruv guruhi viloyatning janubi-g‘arbida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. 300 dan ortiq kishi Qizil Yarim Oy jamiyati chodirlariga joylashtirildi, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatildi: ularga oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak va zarur buyumlar topshirildi.

Foto: Reuters

Seyiston va Balujiston viloyati markaziy tumani rahbarining aytishicha, kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab infratuzilma obyektlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi obyektlari zarar ko‘rgan.

Eronning eng qurg‘oqchil viloyatlaridan biri bo‘lgan Seyiston va Balujistonda yozda suv toshqinlari odatiy hol hisoblanadi.

30-iyul kuni Tasnim agentligi 133 kishi kuchli yomg‘ir va daryo toshqinlaridan jabr ko‘rganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, meteorologlar Eron janubi-sharqida qum bo‘ronlari tez orada qayta boshlanishidan ogohlantirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »