Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerni qamrab olgan harbiy to‘ntarish vaqtida mamlakatdagi Fransiya elchixonasi hujumga uchradi. Parij diplomatik tuzilmaga qarshi uyushtirilgan zo‘ravonlikni qoraladi va javob chorasi bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: AFP
“Prezident Fransiya va uning manfaatlariga qaratilgan har qanday hujumga toqat qilmaydi”, — deyiladi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotida.

Ularning aniqlik kiritishicha, gap fransuz diplomatlari, harbiy xizmatchilari yoki biznes vakillariga qilingan hujumlar haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Makron harbiylar tomonidan ag‘darilgan Niger prezidenti Muhammad Bazum bilan telefon orqali muloqot qilgan. Fransiya rahbari davlat to‘ntarishini qoralab, mamlakatda tinchlikka chaqirgan.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ham Nigerdagi voqealarga munosabat bildirdi. Idora mamlakatdagi to‘ntarishni qoraladi va rasmiylarni xalqaro huquq talabiga muvofiq Fransiya missiyasini himoya qilishga chaqirdi.

Harbiy to‘ntarishga qadar Niger Fransiya va AQSHning xavfsizlik bo‘yicha hamkori edi. Har ikki davlat undan G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi isyonchilarga qarshi kurashda harbiy baza sifatida foydalangan.

30-iyul, yakshanba kuni Niger poytaxtidagi Fransiya elchixonasi oldiga minglab odamlar namoyishga chiqqan. Parlament binosiga yurish bilan boshlangan namoyishda olomon Rossiya va Niger bayroqlarini ko‘tarib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-iyul kuni Niger prezident gvardiyasi aʼzolarining bir qismi mamlakat rahbariga qarshi isyon ko‘tardi. Prezident Bazuma qo‘lga olindi. Keyinroq Niger davlat matbuoti gvardiya generali Abdurahmon Chiani mamlakatning yangi rahbari etib tayinladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »