Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida bank sohasi uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlardan biri sifatida kredit foizlarini 10-12 foizgacha pasaytirish ko‘rsatilgan. Hozirda mamlakatdagi kreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari yillik 22-23 foiz atrofida shakllangan.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish bandi mavjud. Unga kelgusi ko‘ra, yetti yil ichida kredit foizlarini 10-12 foizgacha tushurush ko‘zda tutilmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, kredit foizlarini pasaytirish uchun bozorga qarshi bo‘lgan maʼmuriy byurokratik vositalarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Bu maqsadli ko‘rsatkich ijrochisi o‘laroq kim tayinlanadi, hukumatmi yo Markaziy bankmi, bilmayman. Lekin kimga yuklansayam, ijrochi bu yo‘lda bozorga qarshi bo‘lgan maʼmuriy byurokratik vositalarni ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Chunki kredit narxini, yaʼni kredit foizlarini normal iqtisodiyetga ega normal davlatlarda faqat bozor belgilaydi. Mualliflari xafa bo‘lishmasin-u, lekin bu 2030-yilda dollar kursi falon so‘m, go‘sht fuston so‘m bo‘lishi taʼminlansin, deyish bilan barobar.

Agar mualliflar kreditlar foizini bozorga qarshi yurmasdan pasaytirib borishni istashganida Strategiyaning bank tizimiga oid qismida raqobatni qo‘llab-quvvatlash, bozor segmentlarida konsentratsiyani pasaytirish, imtiyozli kreditlashdan butunlay voz kechish, ayrim toifa qarzdorlar foiz majburiyatlarini subsidiyalashni to‘xtatish orqali teng imkoniyatlar yaratish, banklarning mulk huquqini kafolatlash, garov undirishni osonlashtirish kabi vazifalarni qo‘yishgan bo‘lishardi. Bunday vazifalar esa yo‘q. Bo‘lishiyam dargumon. Foizlarni maʼmuriy pasaytirish targetlari avval ham qo‘yilgan. Natijalari faqat teskari oqibatlar bilan yakunlangan. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi”, — deb yozgan iqtisodchi.

Avvalroq O‘zbekistonda milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari so‘nggi bir necha choraklarda yillik 22-23 foiz atrofida muvozanatlashgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »