Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyada “Kanun” to‘foni mamlakat janubiga yaqinlashishi sababli dushanba va seshanba kunlaridagi kamida 264 ta reys bekor qilindi, deb xabar berdi NHK.

To‘fon janubi-sharqdan Yaponiyaning Okinava prefekturasi orollari va Kagosima prefekturasining Amami arxipelagiga qarab harakatlanmoqda. Seshanba va chorshanba kunlari shiddatli shamol orollarga yetib borishi kutilmoqda.

Tayfun yaqinlashayotgani sababli JAL (Japan Airlines Corporation) dushanba kuni Okinava va Kagosima prefekturalarida 67 ta reysni bekor qildi. ANA (All Nippon Airways) kompaniyasi dushanba kuni ushbu yo‘nalishdagi 73 ta reysni va seshanba kuni yana 124 ta reysni bekor qilganini e’lon qildi.

Foto: Google Images

Kun davomida bekor qilingan reyslar soni ortishi kutilmoqda.

Hozirda “Kanun” to‘foni markaziy bosimi 960 gektopaskal, shamol tezligi esa soniyasiga 40 metr sifatida baholanmoqda.

Yaponiya meteorologiya agentligi dushanba kuni kechqurun “Kanun” 945 gektopaskal bosimli kuchli tayfunga aylanishini prognoz qilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 45 metr tezlikka yetishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »