Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi askarlarni yollash bo‘yicha hududiy markazlarining ishini nomaʼlum muddatga to‘xtatdi. Guruhning ishga olish haqidagi e’lonlarni joylaydigan Telegram kanalida aytilishicha, “katta kadrlar zaxirasi mavjudligi sabab” yangilarni yollashga shoshilinch ehtiyoj yo‘q.

Foto: “Kommersant”

Guruhga aloqador Grey Zone Telegram kanalida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning izohi ham chop etildi. Uning ta’kidlashicha, “yollash markazlarining qayta ochilishi vaqti noma’lum”.

Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda guruh o‘z faoliyatini faqat Afrikada va Belarusdagi o‘quv markazlarida davom ettirmoqda.

“Bugun navbatdagi bosh vazifalarimizni belgilab olyapmiz, ularning konturi tobora oydinlashyapti. Albatta, bular Rossiyani yuksaltirish uchun amalga oshiriladigan vazifalardir”, — dedi u.

“Vagnerchi”larning qurolli isyonidan so‘ng, harbiy kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya va Belarus hukumati bilan Belarusga “ketishi” haqida kelishib olgandi. Yollanma askarlarga esa uyga qaytish, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki Prigojinga ergashish taklif qilindi.

14-iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi “Vagner” yollanma askarlari mamlakatga kelganini xabar qildi. Unga ko‘ra, Mogilev viloyatida, Osipovichi shahri yaqinida mamlakat hududiy mudofaasiga harbiy xizmatga chaqirilganlar uchun “o‘quv maydonlari” yaratilgan, u yerda “Vagner” yollanma askarlari instruktor sifatida ishlamoqda. Qayd etilishicha, Belarusga jami 10 000 ga yaqin yollanma askar kelishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »