Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston maktablarida bir o‘quvchi uchun yiliga 4,5 million so‘m sarflanmoqda. Bu haqda 31-iyul kuni AOKAdagi matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Usmon Sharifxo‘jayev

Usmon Sharifxo‘jayevning aytishicha, xususiy maktabga kishi boshiga oylik to‘lanadigan pul davlat maktabida bir o‘quvchi uchun bir yilga ajratiladi.

“Xususiy maktab, bu bozor. Oylik to‘lovi 3 million so‘m ham, 5 million so‘m ham bo‘lishi mumkin. U yerga hech kimni majburan jo‘natilmaydi. Summani ham ota-ona o‘z xohishi bilan to‘laydi. Hozirda jami xususiy maktablarda tahsil olayotgan bolalar salmog‘i umumiy o‘quvchilar sonining 1 foiziga ham yetmaydi. Sharoitlarga kelsak, ayrim xususiy maktablarning kishi boshiga oylik to‘lovi 5 million so‘m. Albatta, bunday maktabni sharoiti yaxshiroq bo‘ladi. Ammo taʼlim sifati bahsli masala. Chunki bolalar xususiy maktablardan davlat maktablariga qaytayotgan holatlar ham bor. Hamma xususiy maktabda taʼlim sifati bir xil deb ayta olmaymiz. Lekin sharoiti yaxshiroq bo‘lishi tabiiy. Chunki ota-ona bolasiga oyiga 5 million so‘m to‘lasa, davlat bir o‘quvchiga yiliga 4,5 million so‘m ajratadi. ‘Davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonun bor. Unda bizning tizimga ajratilgan summa ko‘rsatilgan. Masalan, joriy yil uchun umumiy hisobda bizning tizimga 30 trillion so‘m ajratilishi belgilangan”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Maʼlumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 10 ming 296 ta maktab va 29 ming 420 ta bog‘cha mavjud bo‘lib, jami 8 million nafarga yaqin o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Ularga 700 ming nafar pedagoglar taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Kuzda boshlanadigan yangi o‘quv yili uchun maktablarga jami 732 ming nafar bola qabul qilish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »