Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Stokgolmda Minttorget maydonidagi Shvetsiya parlamenti binosi oldida yana bir Qur’onni yoqish aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda The Local. Ikki erkak — Iroq fuqarolari Salvan Momika va Salvan Najem avval kitobni tepkilab, so‘ng sahifalariga o‘t qo‘ygan. Shundan keyin ular Qur’onning yana bir nusxasini yirtib, axlat qutisiga tashlagan.

Foto: The Local

Stokgolm politsiyasi matbuot kotibi Mats Erikssonning AFP’ga aytishicha, tadbir “jamoat tartibiga putur yetkazmagan holda o‘tkazilgan”.

Shvetsiyada muqaddas kitoblarni tahqirlashga qarshi hech qanday qonun yo‘q. Politsiya, agar ular katta tartibsizliklarga olib kelmasligiga ishonsa, bunday namoyishlar uchun ruxsat berishi mumkin.

28-iyun kuni Salvan Momika xuddi shunday aksiyani Stokgolmda shahar politsiyasi ruxsati bilan Medboryarplatsen maydonida amalga oshirgandi. Stokgolm sobori masjidi yaqinida bo‘lib o‘tgan aksiyani 200 dan ortiq odam, jumladan, OAV vakillari ham tomosha qilgan. Mitingdan bir kun o‘tib, Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasi oldida yuzdan ortiq iroqlik namoyishchilar to‘plangan, bir guruh iroqliklar norozilik sifatida Shvetsiya elchisi Jessika Svardstryomni haydab yuborishni talab qilgan.

Salvan Momika va Salvan Najem 20-iyul kuni ham Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’onni oyoqosti qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »