Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-avgustga o‘tar kechasi Moskvaga yana dronlar hujum qildi. Ulardan ikkitasi shaharga yaqinlashganida havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi. Uchinchisi avvalgi hujumda shikastlangan “Moskva Siti” biznes markazidagi binoga kelib urildi.

Biznes markazning hukumat idoralari joylashgan IQ kvartalidagi bino shikastlangan. Hech kim jabrlanmagan, deb ishontirmoqda Moskva meriyasi. Voqea joyidan olingan fotosuratlar ham binoga jiddiy zarar yetmaganini ko‘rsatadi.

Foto: “Kommersant”

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, jami uchta dron hujum qilgan. Ikkita dron Moskva viloyatining Odintsovo va Naro-fominsk tumanlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida urib tushirilgan. Uchinchi dron radioelektron urish qurilmasi yordamida bostirilganidan so‘ng “Moskva Siti”ga qulagan.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Moskvaga ketma-ket uyushtirilayotgan dronlar hujumiga izoh berdi. U AQSH bunday zarbalarni rag‘batlantirmasligini ta’kidladi.

“Shuni aniq qilib aytmoqchimanki, biz bunday zarbalarni rag‘batlantirmaymiz yoki ularga yordam bermaymiz”, — dedi Kirbi CNN’ga.

Oq uy bunday zarbalarga to‘sqinlik qiladimi, degan savolga javoban, Kirbi AQSH hukumati ularni rag‘batlantirmasligi yoki ularga yordam bermasligini takrorladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyev bilan “Rossiya ichiga berilayotgan zarbalar yuzasidan xavotirlarni” muhokama qilgan, biroq ukrainaliklar “nishonni tanlashga va o‘z harakatlariga o‘zi javobgar”. Oq uy vakili, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qarshi hujum uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

30-iyulga o‘tar kechasi ham Moskvaga uchta dron hujum qilgandi. Ularning ikkitasi “Moskva Siti” biznes markazidagi binolarga kelib tushgan. Undan avvalgi dron hujumi 24-iyul kuni bo‘lgandi. O‘shanda Moskvadagi noturar joy binolar zarar ko‘rgan. Ulardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi yaqinida qulagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »