Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda hamkorlikning muhim masalalari va umumiy loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida Italiya kompaniyasining Luxury touristic train nomli yangi turistik poyezdi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu poyezd sayohatchilar uchun hashamat va qulaylikni taqdim etadi. Poyezdni Toshkent—Samarqand—Buxoro—Xiva—Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

Uchrashuvda tomonlar qo‘shma korxona tashkil etish, yo‘nalishlar va jadvallarni ishlab chiqish, shuningdek, loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

— Xabaringiz bor, o‘tgan oyda prezident Shavkat Mirziyoyev Italiyaga tashrif buyurib, ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, — deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Raxmetov. — Xususan, Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etdi. Iyun oyidagi muzokaralar natijasida bugun ushbu kompaniya bizga hamkorlik qilish taklifi bilan keldi. Uning bosh direktori P.Barletta Yevropadan O‘zbekiston orqali Xitoyga sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Men bu loyihaning amalga oshirilishini muhim qadam deb bilaman, chunki temiryo‘llar tarixida bunday narsa bo‘lmagan. Shuningdek, Italiya tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan qo‘shma korxona tashkil etish taklifi olindi. Belgilangan barcha maqsadlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqib, Yevropadan Kavkaz, Rossiya, O‘zbekiston orqali Xitoyga tezyurar sayyohlik poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida italiyalik mehmonlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ infratuzilmasi va vagon parki bilan yaqindan tanishish maqsadida “Toshkent markaziy” vokzaliga va “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJga borishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »