Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining yig‘ishlarida tegishli vazirlik-idoralar vakillari, soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan moddama-modda ko‘rilgan, takomillashtirilgan va qator muhim o‘zgartirishlar kiritilib, maromiga yetkazilgan.

Qonun loyihasida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, ularning mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda.

Qonun loyihasi bilan pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi va biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

  • Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi.
  • Unga ko‘ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda.
  • Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 million so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa,
  • endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 million so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »