Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shadurdi Meredov Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.

Foto: Telegram / “Nigoh”

Tayinlovga qadar Shadurdi Meredov Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Iyul o‘rtalarida Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan bo‘shatilgan edi. Yazguli Mammedov 2018-yil iyul oyida O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012—2018-yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shiriyev o‘rnini egallagan.

Bundan oldin Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Timoti Smart tayinlangani, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »