Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushni uzoq vaqt davom ettira olmaydi, chunki u baribir “o‘ladi”. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Braziliyaning GloboNews telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

YouTube’dan kadr

Jurnalistning Ukraina Rossiya qariyb 30 yildan beri “proksi urushi”ni olib borayotgan Suriyaning taqdirini takrorlaydimi, degan savoliga javob berar ekan, Zelenskiy shunday dedi:

 “Putin buncha yil yashamaydi. U Suriyada hozir biz bilan urushayotgan sur’atda jang qilmagan. U omon qolmaydi, 30 yilda yo‘q bo‘ladi, o‘ladi — bu mutlaqo tushunarli. Lekin u hatto, 10 yil ham yashamaydi”.

Ukraina rahbari, shuningdek, hozirda Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi frontga butun Rossiya armiyasi tashlanganini, biroq uning tayanchi allaqachon yo‘q qilinganini aytdi. Zelenskiyning fikricha, endi Kremlga resurslarni to‘plash va “dunyoning biror joyidan” siyosiy yordam olish uchun tanaffus kerak. U Kiyev bunga imkon bermasligini va’da qildi.

“Ukraina harakat qiladi. Biz ularning urush boshidagi kabi kuch to‘plashiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi Zelenskiy.

Ilgari Zelenskiy Ukrainadagi urush Putinning ehtimoliy o‘limidan keyin tugashi mumkinligini aytgandi

Iyul oyi oxirida Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar Putin vafot etgan taqdirda, Irlandiya katta ehtimol bilan Rossiyaga hamdardlik bildirmasligini ma’lum qildi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »