Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorvatiya Ukrainani minalardan tozalash uchun 1 million yevro miqdorida mablag‘ ajratdi. Mablag‘lar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturiga yo‘naltiriladi, deya xabar qildi Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko.

Ushbu moliyaviy yordamning asosiy maqsadi urushdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda fermerlar va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilariga ishni tiklashga yordam berishdir.

“Bu kichik fermerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mart oyida boshlangan dastur. Dastur doirasida asosan 300 gektardan kam yerga ega bo‘lganlar yoki o‘zi uchun oziq-ovqat yetishtirayotgan oilalar qamrab olinadi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Report.az

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Dikarlo Ukraina hududining deyarli uchdan bir qismi portlamagan o‘q-dorilar va minalar bilan qoplanganini ma’lum qilgandi. Urushning bu qoldiqlari tinch aholi uchun doimiy xavf tug‘diradi va buni tozalashga uzoq yillar ketadi, deya ogohlantirdi u.

Yaqinda Sviridenko Ukraina ittifoqchilari mamlakatni minalardan tozalash ishlari uchun qo‘shimcha moliyaviy yordam berishga kelishib olgani haqida xabar qilgandi. Umuman olganda, muammoni hal qilish uchun Ukrainaga deyarli chorak milliard dollar kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »