Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Tashqi ishlar vazirligi Belarus harbiy vertolyotlari mamlakat havo hududini buzgani sababli belarus diplomatini vazirlikka chaqirtirdi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy bunday holatlar har bir davlatda bo‘lishini aytdi. Holat yuzasidan Belarus bo‘yicha muvaqqat ishlar vakiliga norozilik bildirilgan.

Yablonskiyga ko‘ra, Varshava bundan xulosa chiqarmoqda va o‘z chegarasini himoya qilishni kuchaytirmoqda. 

“Polsha ittifoqchilari chegarani buzgani haqida harbiy kanallar orqali xabardor qilingan. Agar chegarada panjara o‘rnatish kabi profilaktika choralari bo‘lmaganida, Belarusning o‘nlab, balki yuzlab provokatsiyalari sodir bo‘lgan bo‘lardi”, — deydi u.

Uning ta’kidlashicha, Belarus diplomati bilan Polsha Tashqi ishlar vazirligida suhbat “juda qisqa” bo‘lgan.

“Biz havo hududining buzilishi, shuningdek, Ukrainaga qarshi harakatlar avj olgani munosabati bilan keskin norozilik bildirdik, chunki bu urushda Belarus ham ishtirok etmoqda”, — deb tushuntirdi Yablonskiy.

Belarus tomoniga boshqa da’volar ham berilgan. Xususan, Polsha “Vagner” jangarilarining Belarusga ko‘chib o‘tishi va migrantlarning Belarus-Polsha chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishlari tufayli chegaradagi xavfsizlik darajasi pasayganini qayd etgan.

“Biz bundan o‘zimizni himoya qilamiz”, — deya xulosa qilgan Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Belarus harbiy vertolyotlari Polsha hududiga kirdi

Belarusning ikkita vertolyoti 1-avgust kuni Polsha havo hududini buzdi. Vertolyotlar mashg‘ulotlar o‘tkazgan va bu haqda Belarus tomoni Polshani oldindan xabardor qilgan.

Havo chegarasini kesib o‘tish Beloveja aholi punkti hududida juda past balandlikda sodir bo‘lgan, bu esa radar tizimlari tomonidan aniqlashni qiyinlashtirgan. Voqea haqida NATO ham xabardor qilingan. Gap Mi-24 va Mi-8 vertolyotlari haqida ketmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »