Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda D.X. ismli shaxs fuqaro Sh.S.ni 15 ming dollar evaziga tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga jo‘natishini aytib, oldindan 7,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

AQSHga yuborish holatlari

Mart boshlarida Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgandi. Shuningdek, Samarqandda Meksika orqali AQSHga yuborishini aytib, fuqarodan 50 ming dollar so‘ragan shaxs ushlangani, Samarqandda fuqaroni 30 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olingani, Navoiyda fuqaroni AQSHga ishga yuborishini aytib, 800 dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »