Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida fuqaroni tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB hamda departamentning Kogon shahar, Shofirkon va Vobkent tumanlari bo‘limlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda G‘ijduvon tumani “Chag‘dari” mahallasida yashovchi 48 yoshli S.G. ismli ayol 27 yoshli A.B. ismli erkak bilan birgalikda boshqa bir shofirkonlik fuqaroni G‘ijduvon tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatlik texnikumiga vakolatli tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Ular Shofirkon tumani buyum bozori oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina ichida 1 000 AQSH dollarini pora tariqasida berishga dalolat qilib, ushbu pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.G. va A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming dollar olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »