Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Rossiya va Belarusda o‘zining litsenziyasi ostida dronlarni ishlab chiqarish uchun zavodlar qurishni rejalashtirmoqda. Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tegishli hisobotni e’lon qildi. 

Foto: AP Photo

Tahlilchilarga ko‘ra, bu Rossiya uchun Ukrainaga qarshi hujumda dronlar olishni osonlashtiradi, biroq Eron ham bu kelishuvdan foyda ko‘radi.

Tahlilchilar 1-avgust kuni Tehronda Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriyning Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin bilan uchrashuviga e’tibor qaratdi. Ular Eron va Belarus o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini e’lon qilib, tegishli kelishuvni imzoladi. 

ISWga ko‘ra, Xrenin eronliklar bilan Belarusda Shahed kamikadze dronlarini ishlab chiqaradigan zavodlar qurilishi tafsilotlarini muhokama qilgan. Eronlik muhandislar may oyida Gomeldagi zavodlarni dronlar ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish imkoniyatlarini o‘rgangan.

Iyun oyida esa Bayden ma’muriyati Eron Rossiyaga Tataristonda dron zavodi qurishda yordam berayotgani haqida xabar bergan.

Tadqiqotchilar Rossiyada zavod yaratishdan nafaqat Kreml, balki Eronning o‘zi ham foyda ko‘rishini aytmoqda. Jumladan, Eron iqtisodiyoti uchun daromad olishdan manfaatdor.

“Hozir Eron og‘ir iqtisodiy sharoitlarni boshidan kechirmoqda, mamlakatda inflyatsiya darajasi taxminan 47,5 foizni tashkil etadi. Rossiya ham Eron armiyasiga foyda keltirishi mumkin”, — deydi tahlilchilar.

Eronga qanday harbiy yordam ko‘rsatilishi mumkinligi to‘liq aniq emas. O‘tgan yili OAV Eron dronlar evaziga Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlarini olishi mumkinligini taxmin qilgan, ammo hozir bu versiyaning ehtimoli kam.

Mart oyida G‘arb OAVlari Rossiya Eronga dronlar evaziga ilg‘or razvedka dasturlari, jumladan “kiberqurollar”ni taqdim etgani haqida xabar bergan. Shuningdek, Rossiya Ukrainada qo‘lga kiritilgan G‘arb qurollarini Eron bilan baham ko‘rayotgani xabar qilingan. Oxirgi variant Isroil rasmiylarini tashvishga solmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »