Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanada idoralararo o‘rmon yong‘inlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat mamlakatda 1025 ta o‘rmon yong‘inini qayd etgan, yonib ketgan hududlar maydoni 13 million gektarga yetgan. 

Iyul oyi yakuni bo‘yicha o‘rmon yong‘inlari soni 991 tani tashkil etdi. Ayni paytda 1025 ta yong‘in o‘chog‘idan 646 tasi nazoratga olinmagan, 167 tasi o‘chirilgan, 212 tasi o‘rab olingan. Eng ko‘p o‘rmon yong‘inlari Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida qayd etilgan.

Foto: AP

Avvalroq tabiiy ofatga qarshi kurashda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Rasmiylar hozirgi o‘rmon yong‘inlari mavsumini Kanada tarixidagi eng dahshatlisi deb atashgan.

Mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun 10 ta davlatdan — Avstraliya, Ispaniya, Kosta-Rika, Meksika, Yangi Zelandiya, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Chili va Janubiy Afrikadan kamida 1,8 ming xorijiy o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. O‘t o‘chirishda Kanada qurolli kuchlari ham ishtirok etmoqda. Hammasi bo‘lib besh mingga yaqin odam yong‘inni o‘chirishda ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »