Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida Toshkent viloyatining ikki tuman hokimi va qator mansabdorlarni ishdan oldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, joriy yilning olti oyida viloyatda 440 million dollarlik eksport amalga oshirilgan. Lekin Yangiyo‘l tumani, Bekobod va Chirchiq shaharlarida to‘qimachilik mahsulotlari, Zangiota va Yuqori Chirchiqda elektrotexnika mahsulotlari, Olmaliq shahrida qurilish materiallari eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.

So‘nggi uch yilda viloyatda sanoat hajmi 19 foizga o‘sib, 94 trillion so‘mga yetdi. Lekin ushbu davrda sanoat mahsulotlari Bekobod tumanida 3,6 foizga kamaygan bo‘lsa, Parkentda bor-yo‘g‘i 2,6 foizga oshgan. O‘tgan uch yilda Zangiotaning viloyat sanoatidagi ulushi 8,3 foizdan 3,5 foizga, Angren shahrida esa 7,5 foizdan 4,8 foizga kamaygan.

Joriy yilning olti oyida viloyatda xizmatlar hajmi 7,3 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida 1 foizga ham yetmaydi. Joriy yilda qurilishi reja qilingan 114 ta ko‘p qavatli uy-joylardan bugungi kungacha atigi 9 tasi foydalanishga topshirildi.

Shu va boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, ishlarni lozim darajada tashkil qilmagani uchun:

  • Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Fayziyev, Qibray tumani hokimi va Yangiyo‘l tumani hokimi hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilish;
  • viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga masʼul o‘rinbosari N.Sharipov, qurilishga masʼul o‘rinbosari Sh.Mahmudovga hayfsan eʼlon qilishga ko‘rsatma berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »