Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloomberg Turkmaniston Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berishni istasa, tezda harakat qilishi kerakligi haqida maqola chop etdi.

Foto: Business Turkmenistan

Maqolada Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining so‘nggi bayonotiga javob beriladi. Vazirlik 24-iyul kuni Transkaspiy gaz quvuri qurilishi mumkinligi haqida bayonot bergan:

“Turkmaniston gaz quvuri qurilishiga hech qanday siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy omillar to‘sqinlik qilmasligiga ishonchi komil. Aksincha, Transkaspiy quvuri mutlaqo real loyiha bo‘lib, iqtisodiy nuqtayi nazardan oqlangan, Yevrosiyoda energiya xavfsizligini ta’minlashga sezilarli hissa qo‘shadi.
Bu tranzit tomonning foydalari va manfaatlarini hisobga olgan holda yevropalik iste’molchilar uchun xomashyo manbalaridan uzoq muddatli va uzluksiz foydalanishni ta’minlaydi”, — deyilgan bayonotda.

Bloomberg tahlilchilari Turkmanistonda jahon bozorlariga gaz yetkazib berish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi, biroq bunga ko‘plab omillar to‘sqinlik qilayotganini bildirdi.

  • Xususan, mamlakat sanksiyalar ostidagi Rossiya bilan tarixan hamkorlikka e’tibor qaratgan. Ammo Turkmanistonning Yevropa davlatlari bilan aloqalari yomon yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yil Turkmaniston prezidenti Bryusselga tashrif buyurib, Yevropa Ittifoqi institutlari rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
  • Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi dengiz tubini chegaralash masalalari hal etilmagan. Loyihaning qiymati 2 milliard dollargacha baholanmoqda, mamlakatlar xarajatlarni o‘zaro qanday taqsimlashi aniq emas.

Transkaspiy gaz quvurining qurilishi yillar davom etishi mumkin. Ayni paytda yevropalik xaridorlar AQSH va Qatardan gaz import qilmoqda. Bundan tashqari, tahlilchilar 15-20 yil ichida Yevropa muqobil energiya manbalariga o‘tishini bildirdi.

Bloomberg Turkmaniston Energetika vazirligi va “Turkmangaz” davlat konsernidan izoh ololmagan, bu esa mamlakat yevropalik hamkorlar bilan muloqot qilishga unchalik moslashmaganini bildirishi ta’kidlanadi.

Turkmen News nashri kamchiliklar qatorida turkman amaldorlari va gaz ishchilarining korrupsiyasi va noprofessionalligini keltirib o‘tadi. Boshqaruvchilar lavozimlarga malakaga qarab emas, balki aloqalar tufayli tayinlanadi.

“Har qanday loyihada, yangi obyektlar qurishdan tortib joriy ta’mirlashgacha kimdir pul ishlab olishga harakat qiladi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri zararga olib keladi: qimmatbaho sensorlarni almashtirishdan bosh tortib, past sifatli kimyoviy moddalarni sotib olish kabi.
Oqibatda o‘tgan qish mavsumida ‘Galginish’ konida avariya sodir bo‘lib, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bir necha kunga to‘xtab qolgandi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »