Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2-avgust kuni Qozog‘istonga Afg‘onistondan 200 kishilik delegatsiya uchib keldi. 3—5-avgust kunlari Ostonadagi kongress markazida birinchi qozoq-afg‘on biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Foto: Qozog‘iston hukumati veb-sayti

Forumning birinchi kunida Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin “Tolibon” hukumatining savdo-sanoat vaziri Alhaj Nuriddin Aziziy bilan uchrashuvda ma’lum qilishicha, Ostona Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Serik Jumangarin aprel oyida Kobulga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘z oldiga mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 millard dollardan 3 milliard dollargacha oshirish vazifasini qo‘yganini eslatdi.

“Qozog‘iston kompaniyalarining Kobulga so‘nggi tashrifi yakunlariga ko‘ra, bizning energetik ichimliklar, un mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar (Afg‘onistonga) yetkazib berildi, kungaboqar yog‘iga qiziqish bor. Afg‘onistondan importda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qatoriga to‘qimachilik mahsulotlari ham qo‘shildi. Oldimizda faol ish olib borish kerak bo‘lgan vazifalar bor”, — dedi Serik Jumangarin.

Hamkorlikni faollashtirish uchun “Tolibon” rasmiylariga Hirotdagi Qozog‘iston Savdo uyi salohiyatidan keng foydalanish va Qozog‘istonda o‘z savdo vakolatxonasini ochish taklif etildi.

Foto: Qozog‘iston hukumati veb-sayti

Uchrashuv ishtirokchilari mavjud savdo yo‘llarini rivojlantirish va Afg‘oniston orqali tovarlarni yetkazib berishning muqobil yo‘nalishlarini yaratish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston mahalliy kompaniyalarning Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan boshqa iqtisodiy loyihalarda, xususan, transport, tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

O‘z navbatida, forumdan keyin “Tolibon” savdo-sanoat vaziri Aziziy Qozog‘iston bilan xususiy sektorlar o‘rtasida qiymati 100 million dollardan ortiq bo‘lgan bir qancha shartnomalar imzolanganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston va Afg‘oniston ta’lim sohasida ham hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida Afg‘onistondan 130 nafar talaba tahsil olmoqda.

Serik Jumangarin agar zarur bo‘lsa, Qozog‘istonda tahsil olayotgan afg‘onistonlik talabalar sonini ko‘paytirishni taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »