Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressi Vakillar palatasi mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasiga Gretsiya orollarida AQSH harbiy bazalarini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiruvchi tuzatishni qabul qildi. Bu haqda Gresiyaning Parapolitika gazetasi xabar berdi.

Tuzatish mudofaa vaziri va davlat kotibini Gretsiyadagi AQSH harbiy ishtirokini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni birgalikda o‘rganishga chaqiradi, deb yozadi nashr. Senat allaqachon o‘z qonun loyihasini ovozga qo‘ygan va hozirda ikki qonun chiqaruvchi organ prezident Jo Baydenga yuboriladigan yakuniy matnni shakllantirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Nashrning qayd etishicha, Vakillar palatasining tuzatishiga ko‘ra, hisobot yakuniy qonun loyihasi imzolangandan keyin ikki oy ichida taqdim etilishi kerak.

Foto: Reuters

Hisobotda, jumladan, quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

  • qo‘shimcha bazalar yaratish yoki Gretsiya orollarida AQSH harbiy ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari tahlili;
  • AQSH va Gretsiya o‘rtasidagi mudofaa bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan bitim (MDCA) doirasida Qo‘shma Shtatlarga berilgan asosiy huquqlarning tavsifi;
  • MDCA’ga kiritilgan bazalarda AQSH faoliyati va kiritiladigan investitsiyalarining tavsifi;
  • 2021-yilgi AQSH—Gretsiya mudofaa va parlamentlararo sheriklik to‘g‘risidagi qonun talabiga binoan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik holatini baholash.

Grestiya va AQSH 2019-yil oktabr oyida 1990-yilda tuzilgan mudofaa sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritdi. Hujjatda Krit orolidagi Souda ko‘rfazidagi AQSH harbiy-dengiz bazasini kengaytirish, Larisa shahri yaqinidagi harbiy-havo kuchlari bazasi, Stefanovikiodagi armiya aviatsiya bazasi va shimoli-sharqdagi Aleksandrupolis portidan foydalanish haqida so‘z boradi.

Shuningdek, Gretsiya hududidagi boshqa har qanday harbiy obyektdan uning roziligi bilan foydalanish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »