Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Pensilvaniya shtati, Pittsburg shahridagi ibodatxonada 2018-yilda 11 kishini otib o‘ldirgan erkak o‘limga hukm qilindi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Foto: ABC

Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, bu hukm qatllarga moratoriy joriy etgan prezident Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan ma’qullangan birinchi oliy jazo bo‘ldi. Dindorlarni miltiq bilan otgan Robert Bauersga nisbatan hukmni bir ovozdan qabul qilishga to‘g‘ri keldi, aks holda unga shartli ozodlikdan mahrum qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlanar edi.

2018-yilning 27-oktabr kuni Bauers Shabbat marosimida “Hayot daraxti” ibodatxonasiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan. Halok bo‘lganlar orasida 97 yoshli ayol, o‘sha ibodatxonada 60 yil oldin turmush qurgan er-xotin ham bor. Omon qolgan olti kishidan to‘rt nafari voqea joyiga yetib borgan politsiya xodimlari edi. CBS Pittsburgh manbalariga ko‘ra, otishma paytida erkak “barcha yahudiylar o‘lishi kerak” deb baqirgan.

Bauers unga qo‘yilgan ayblovlarning hech birini, jumladan, nafrat va murosasizlik bilan otishma sodir etish aybini tan olmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »