Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qo‘yish, bo‘sh lavozimlar uchun ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida o‘tgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlangan. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, tayinlovlarga oid ochiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topilgan. O‘tgan olti oyda sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga taʼsir o‘tkazishga urinish holatlari bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Buning natijasida 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2 ta holat o‘rganilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning o‘tgan olti oyida faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari 12 nafar sudya odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmagani uchun;

  • 11 nafar sudya o‘z arizasiga ko‘ra;
  • 1 nafari sudya boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan;
  • jami 22 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »