Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan edi. Ayrim xalqaro sertifikatlar mazkur ro‘yxatdan olib tashlandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan: 

  • sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, yaʼni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;
  • baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
  • sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
  • ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermagani, test savollarining doimiy takrorlanishi.

Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi. Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinmoqda.

2021-yil sentabrda Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilar maoshini 1 000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgandi. 2020-yilning noyabrida o‘qituvchi va shifokorlar bilan uchrashuvda prezident ularning maoshini oshirish bo‘yicha katta rejalar haqida e’lon qilgandi.

“O‘qituvchi 1 000 dollar olmasa, ishga kelmasligi kerak. Xuddi shu holat shifokor bilan ham. Agar shifokor 1 000 dollar olmasa, ertaga bolalari va nevaralarini qanday boqadi?” — degan edi prezident. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev ko‘pchilik mamlakatdagi tibbiy xizmatlar sifatidan norozi ekanini tanqid qilgandi.

O‘zbekistonda pedagoglar soni

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 159,9 ming nafarini yoki jami pedagoglarning 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.

2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida maktablarda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni ko‘p.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »