Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonligining birinchi o‘rinbosari Marek Sokolovskiy Belarus bilan chegaraga joylashtirilgan polshalik vertolyot uchuvchilari zarurat tug‘ilsa, qurol ishlatishdan tap tortmasliklarini aytdi.

“Vertolyotlar qurollangan va jangga tayyor. Bizda to‘liq vakolatga ega juda tajribali uchuvchilar bor, ular Afg‘oniston va Iroqda men bilan birga havo-desant qurollari va raketalarni amalda qo‘llagan uchuvchilar. Agar biror voqea yuz bersa, ular qurol ishlatishdan tortinmaydilar”, — dedi Sokolovskiy brifingda.
Foto: Google Images 

Qo‘mondon o‘rinbosarining ta’kidlashicha, chegara hududlariga quruqlikdagi kuchlarning birinchi aviatsiya brigadasi va Polsha Qurolli kuchlarining 25-havo kavalereyasi brigadasi vertolyotlari joylashtirilgan. Ular zudlik bilan javob qaytarish rejimida bo‘lib, ikkita pozitsiyada turadi, dedi u.

1-avgust kuni Polsha Mudofaa vazirligi Belovetsa viloyatida past balandlikda ikki Belarus vertolyoti mamlakat havo hududini buzganini ma’lum qildi. Polsha tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bu Mi-24 va Mi-8 edi.

Bunga javoban Belarus Mudofaa vazirligi bunday bayonot bilan Polsha chegara yaqinida qo‘shinlar to‘planishini oqlashga urinayotganini ma’lum qildi.

Bugun, 3-avgust kuni Polsha hukumatining sobiq rahbari Vlodzimej Tsimoshevich RMF FM radiosiga bergan intervyusida o‘sha ikki vertolyot Belarus prezidentining qo‘riqlash xizmatiga tegishli ekanligini aytdi. Minsk bu ma’lumotlarni rad qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »