Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublika bo‘yicha aholiga eng arzon 1 kub metr tarif qiymati Toshkent shahrida 400 so‘mdan, eng qimmati esa Navoiy viloyatida 3 ming so‘mdan yetkazib berilmoqda. Bu haqda savolga “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Bekzod Shoimov “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Bekzod Shoimovning aytishicha, Toshkent shahriga ichimlik suvi Bo‘zsuv kanali orqali, Andijon viloyatiga esa Kampirovot suv omboridan yer sathining farqi hisobiga o‘zi oqar tarzida yetkazib beriladi.

“Shu bois mazkur hududlarda suv narxi arzon. Poytaxtda 1 litr suv 40 tiyinni, Andijonda esa 75 tiyinni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida ichimlik suvi isteʼmolchilarga suv taʼminotining 70 foizdan ortig‘i Samarqand viloyatidagi suv inshootidan ichimlik suv quvurlari orqali yetkazib beriladi. Buning natijasida elektr energiya kamida 2 barobar ko‘p sarf etiladi”, — dedi “O‘zsuvtaʼminot” masʼul xodimi.

Maʼlumot uchun, Markaziy Osiyoda ichimlik suvi uchun to‘lov narxi eng yuqori mamlakat Qozog‘iston hisoblanadi. Mamlakatda hududlarga qarab aholiga 1 kub metr suv uchun 73 tengedan (1 ming 905 so‘m) 304 tengegacha (7 ming 934 so‘m) belgilangan. Tojikiston aholisiga 1 somonidan (1 ming 61 so‘mdan) 1,73 somonigacha (1 ming 835 so‘m) narxda suv yetkazib beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »