Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri, Xorazm va Namangan viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda B.A. ismli shaxs fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Bog‘ot tumani “Ashxobod” MFY hududidagi boshqa fuqaroga tegishli 5 sotix yer maydonini 10 ming dollar evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, 9 ming dollar va 11 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro J.X.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga qarashli 30 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 9 ming dollar va 40 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Qibray tumani “Obod” MFY xotin-qizlar faoli Sh.X. fuqaro I.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida o‘zi ishlayotgan mahalladagi 3 sotix zaxiradagi yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Bir necha kun oldin Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming dollarga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »