Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar doirasida unga jami 561 yillik qamoq jazosi berilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.

Foto: Arxiv/Pixabay
“Qiyshiq Joning (Tramp amaldagi prezident Jo Baydenni shunday ataydi) korrupsiyaga botgan Adliya vazirligi itoatkor xizmatkoringizga qarshi yana noqonuniy ayblovlar qo‘ydi. Xabarlarga ko‘ra… meni jami 561 yilga qamashlari mumkin. Bu oltita hayot degani”, — deb yozgan Tramp saylovoldi kampaniyasi donorlariga elektron pochta xatida.

AQSHda ayblanuvchilar kamdan-kam hollarda barcha ayblovlar bo‘yicha maksimal muddatga hukm qilinadi, deb ta’kidladi The Hill. Bir nechta jinoyat uchun jazo muddatini parallel ravishda o‘tash mumkin, bu mahkumning qamoqda o‘tkazadigan umumiy vaqtini qisqartiradi.

So‘nggi oylarda Donald Tramp uchta jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi deb topildi. Aprel oyida unga biznes hisobotlarini qalbakilashtirish ayblovi qo‘yilgan, iyun oyida esa sobiq prezidentning maxfiy hujjatlarni uyida noqonuniy saqlagani bo‘yicha ish ochilgan. Avgust oyi boshida Tramp 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin uchun ayblandi. U barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Tramp bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka asosiy da’vogar hisoblanadi. Agar u jinoiy ishlarning birortasi bo‘yicha aybdor deb topilib, qamoqqa jo‘natilgan taqdirda ham bu uni AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »