Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH maxfiy xizmati Kolumbiya okrugi Federal sudida Donald Trampning xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi, dedi maxfiy xizmat vakili Entoni Gulyelmi o‘z bayonotida.

Uning aniqlik kiritishicha, Maxfiy xizmat barcha xavfsizlik va huquq-tartibot idoralari bilan “sudning odatiy ishiga to‘sqinlik qilmagan holda sobiq prezident xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlash” uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Bir kun avval Trampga to‘rtta yangi ayblov qo‘yilgan edi. AQSHning sobiq prezidenti AQSHni aldash, guvohlarning bayonotlarini soxtalashtirish, amerikaliklar huquqlariga qarshi til biriktirish va rasmiy jarayonlarga aralashishga urinishda ayblanmoqda.

Foto: Reuters

Maxsus prokuror Jek Smitning idorasi til biriktirishdan maqsad 2020-yilgi prezidentlik saylovining qonuniy natijalarini bekor qilish, hukumat faoliyatiga to‘sqinlik qilishga urinish ekanini ma’lum qildi.

Tramp 3 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Kolumbiya okrugi federal sudida ishtirok etishi kerak.

Avvalroq AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar doirasida unga jami 561 yillik qamoq jazosi berilishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »