Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida 300 million so‘mga yaqin pullarni virtual firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 2023-yilning yanvaridan mart oyiga qadar noma’lum shaxs Buxoro shahrida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli “Xalq banki” plastik kartasi va yana 69 kishining plastik kartalaridan jami 295 million pulni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-texnik surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Natijada ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi 23 yoshli shaxs sodir etgani aniqlangan. Hozirda uning Buxoro viloyati va respublikaning boshqa hududlaridagi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlash holatlari

Aprel o‘rtalarida Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022-yil iyulda esa Andijonda 8-sinf o‘quvchisi o‘nlab fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, PUBG o‘yiniga tikib yuborgani aniqlangan edi. Iyul boshida bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi bank filiali kassiri mijozlarning 41 ta bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »