Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina kelajak instituti direktori Vadim Denisenko nega Moskva dronlar hujumiga qaramay, havo hujumi trevogasini yoqmayotganini tushuntirdi. 

Foto: Telegram

Mutaxassisga ko‘ra, Moskvada, Rossiyaning boshqa ba’zi hududlarida va vaqtincha bosib olingan Qrimda sirenalar prinsipial ravishda yoqilmaydi. 

“Ommaviy o‘lim holatlari tarixi bo‘lmasa, ular sirenalarni ishga tushirmaydi”, — deydi u.

Denisenko Rossiya rasmiylari “urush yo‘qligini ko‘rsatish uchun” qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishda davom etishini aytdi. Mutaxassis yaqin kelajakda havo hujumi signali yoqilmasligini ta’kidladi. U bu holat “qandaydir ommaviylik” paydo bo‘lmaguncha davom etishini bildirdi.

Moskvaga dronlar hujumi: vaziyat qanday?

1-avgustga o‘tar kechasi Moskvaga yana dronlar hujum qildi. Ulardan ikkitasi shaharga yaqinlashganida havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi. Uchinchisi avvalgi hujumda shikastlangan “Moskva Siti” biznes markazidagi binoga kelib urildi.

Avvalgi hujum 30-iyulga o‘tar kechasi yuz bergandi. Jumladan, Moskvaga uchta dron uchirilgan, ikkitasi “Moskva Siti” biznes markazidagi binolarga kelib tushgan. Dronlarning yana biri Moskva viloyatining Odinsovo tumanida urib tushirilgani aytilgan.

Bundan tashqari, 24-iyul kuni ham dron hujumi bo‘lgandi. O‘shanda Moskvadagi noturar joy binolar zarar ko‘rgan. Ulardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi yaqinida qulagan.

May oyi oxiri va iyul boshida esa dronlar Rossiya poytaxtiga yaqinlashganda urib tushirilgan. BMT so‘nggi dron hujumini qoralab, fuqarolik obyektlariga hujum qilmaslikka chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »