Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerning demokratik yo‘l bilan saylangan prezidenti Muhammad Bazum AQSH hukumati va “butun xalqaro hamjamiyat”dan mamlakatda konstitutsiyaviy tartibni tiklashda yordam so‘radi. Bazumning ta’kidlashicha, agar uni prezidentlikdan chetlashtirishga urinish muvaffaqiyatli yakunlansa, bu Niger uchun, qolaversa, “mintaqa va butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib keladi”. Bu haqda u Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida yozdi.

Foto: Anadolu

Davlat rahbari 26-iyul kuni prezident soqchilari uni hibsga olib, Niger hukumati ustidan nazorat o‘rnatganidan beri ilk bor to‘ntarish haqida batafsil gapirdi.

“Men buni garovdagi odam sifatida yozyapman”, — dedi Bazum bayonotida. “Niger harbiy xunta tomonidan hujumga uchradi... men esa o‘zboshimchalik bilan va noqonuniy ravishda qamoqqa tashlangan yuzlab fuqarolardan biriman”.

Bazum xunta “noqonuniy ravishda hibsga olinganlarning barchasini ozod qilishi kerak” deb ta’kidladi.

“Rossiya ‘Vagner’ yordamida Afrikadagi ta’sirini kuchaytirishi mumkin”

Muhammad Bazum ikki yil avval mamlakatda hokimiyatning tinch yo‘l bilan demokratik boshqaruvga o‘tkazilishi natijasida Niger prezidenti etib saylangan edi.

 “Afrikaning notinch Sahel mintaqasida, qo‘shnilarimizni qamrab olgan avtoritar harakatlar sharoitida Niger inson huquqlariga rioya qilishning so‘nggi tayanchidir”, — deb yozadi Bazum Washington Post gazetasiga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Nigerga qo‘shni davlatlar “Vagner” singari jinoiy rus yollanma askarlarini o‘z xalqlarining huquqlari va qadr-qimmatiga ziyon yetkazish uchun” tobora ko‘proq taklif etmoqda.

Ukrainada o‘z shafqatsizligi va terrorizmini to‘liq namoyon qilgan “Vagner” yordamida butun Sahel mintaqasi Rossiya taʼsiriga tushishi mumkin, — deb ogohlantirdi prezident.

U “Boko Haram” kabi jihodchi guruhlar ham Nigerdagi beqarorlikdan foydalanishini qo‘shimcha qildi. Ular mamlakatdan “qo‘shni davlatlarga hujum qilish va butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va erkinlikka putur yetkazish uchun tramplin sifatida” foydalanishi mumkin, deydi Bazum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »