Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Xitoyning Moskvadagi sobiq elchisi Li Xuey Saudiya Arabistonida Ukraina bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Li Xuey / Reuters

Jiddada 5—6-avgust kunlari 30 dan ortiq davlat vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya sammitga taklif qilinmagan.

“Saudiya Arabistoni podshohligi taklifiga binoan Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey Ukraina bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Jiddaga boradi”, — dedi TIV matbuot kotibi Van Venbin.

Uning qayd etishicha, Pekin Ukrainadagi urushni siyosiy yo‘llar bilan hal qilish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Avvalroq janob Li Ukraina, Polsha, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Rossiyaga tashrif buyurgan edi.

Muzokaralar yakunida diplomat “hozirgi vaziyatda samarali muzokaralar olib borish uchun barcha tomonlarning stolga o‘tirishi ancha qiyin bo‘lishi mumkinligini” aytgan.

Politico gazetasining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Jiddadagi muzokaralar natijalari haqida Rossiyani xabardor qilishni rejalashtirmoqda. 

Ayni paytda Saudiya Arabistonida Ukraina bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzish”ga urinish sifatida baholangan. 

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Kreml bu uchrashuvni kuzatib borishini” bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »